Daraxt kesganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

Endilikda daraxt va butalarni qonunga xilof ravishda kesadigan fuqaro yoki mansabdor shaxs amalda belgilangan jarima miqdoridan o‘rtacha besh barobar ko‘p jarima to‘lashga majbur bo‘ladi.

Shuningdek, daraxt va butalar qimmatbaho navlari kesilishiga yoki yo‘q qilishga olib keladigan loyiha hujjatlarini tayyorlaganlik uchun ham katta miqdordagi jarima undiriladi.

Ya’ni, daraxt va butalarni qonunga xilof ravishda kesganlik uchun yuridik shaxslar 99 million so‘mgacha moliyaviy jarima to‘lashidan tashqari, ularga har bir noqonuniy kesilgan daraxt uchun 100 tup ko‘chat ekish va ularni uch yil davomida parvarishlash majburiyati yuklatiladi.

Qonun Senatga yuborildi.