Samarqandda qimmatbaho daraxtlar kesib tashlangan, bu qurilish firmasi xodimlari tomonidan sodir etilgani ma’lum qilindi
- 08.07.2024 09:26
- 499
- Samarqand
Viloyat ekologiya boshqarmasi xabariga ko‘ra, daraxtlar kesilishi holati ekologik nazorat inspeksiyasi tomonidan olib borilgan nazorat reyd tadbiri davomida aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha Samarqand shahrida qurilish ishlarini olib borayotgan korxona xodimlari tomonidan hududdagi 4 tup qimmatbaho va 1 tup kam qimmatli turdagi daraxtlarni ildizi bilan qazib tashlab, yo‘q qilingan.
“Hozirda, daraxtlarni yo‘q qilinishi natijasida o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar hisoblanib, jinoyat alomatlari bo‘lganligi uchun tegishli hujjatlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlariga taqdim etildi. Daraxtlarni noqonuniy kesib tashlanganlarga jinoiy ish qo‘zg‘atiladigan bo‘ldi”, deyiladi boshqarma xabarida.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- 15 daqiqa avval
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- 25 daqiqa avval
- O'qing, qiziq!
Onlayn dars uchun tuzilgan shartnoma bekor qilindi. Nega?
- 42 daqiqa avval
- Ta’lim
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 2 soat avval
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- 2 soat avval
- Mutolaa