Qurigan chinor o‘rnida o‘n tup qimmatli turdagi daraxt ko‘chati ekiladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi Amir Temur maqbarasiga yaqin joyda chinor daraxtining kesilgani haqida xabar tarqaldi va jamoatchilik o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Holat bo‘yicha Samarqand shahar hokimligi hamda viloyat ekologiya boshqarmasi izoh berdi.

Unga ko‘ra, ushbu chinor daraxti Samarqand shahar obodonlashtirish boshqarmasi arizasiga asosan ekologiya va o‘simliklar karantini idoralari mutaxassislari tomonidan o‘rganilgan. Bu idoralarning laboratoriya tahlillariga ko‘ra, daraxtda tabiiy qurish belgilari kuzatilgan, uni saqlab qolish uchun zarur agrotexnik tadbirlar, dorilash ishlari olib borilgan. Biroq parvarish ishlari natija bermagach, qurigan chinorni olib tashlash va o‘rnida 10 (o‘n) tup qimmatli turdagi daraxt ko‘chatlari ekilib, 2 yil davomida parvarish qilinish shartlari bilan tegishli xulosa xati berilgan.