"Dinamo" muddatidan avval Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Bugun Proliganing 21-turi doirasida "Dinamo" o‘z maydonida "G‘ijduvon" klubini qabul qildi va 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 39 va 92-daqiqlarida Dilshod Rahmatullayev dubl qayd etgan bo‘lsa, 88-daqiqada Hazratjon Tursunqulov hamda 90+5-daqiqada Derrik hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi - 4:0.

Shu tariqa," Dinamo" 41 ochko jamg‘arib, turnir yakuniga yana bir tur qolganda muddatdan avval rasman Superligaga qaytdi.

Vadim Abramov shogirdlari 19 oktyabr kuni "Nasaf"ga qarshi O‘zbekiston kubogi yarim finalida to‘p suradi. Final yo‘llanmasi uchun bahs Qarshida o‘tadi.