«Dinamo»ga xorijdan darvozabon olib kelindi

Superliga yangi mavsumi oldidan «Dinamo» jamoasi tarkibini kuchaytirishni davom ettirmoqda.

«Dinamo» axborot xizmati Usmon Ibodovning zarnews.uz’ga ma’lum qilishicha, klub murabbiylar shtabi qaroriga ko‘ra, «Dinamo» klubi serbiyalik darvozabon Miloye Prekovich bilan kelishuvga erishgan.

30 yoshli golkiper bilan bir yillik shartnoma imzolandi. Serbiyalik legioner «Dinamo» safiga erkin agent maqomida qo‘shildi.

Miloye Prekovich so‘nggi mavsumni Serbiya Superligasi vakili «Vojdovats» klubi safida o‘tkazib, jamoaning asosiy posboni bo‘lgan. U chempionat doirasidagi barcha – 21 o‘yinda ham to‘liq to‘p surgan.