Dor yo‘llari qurish uchun investitsiya yo‘naltirmoqchimisiz?
Unda sizga imtiyoz bor.
Bu imtiyoz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 31 maydagi PQ-171-sonli qarorida belgilandi. Ya’ni, ushbu qarorga ko‘ra, 2024 yil 1 yanvardan investorlarning yo‘lovchi tashuvchi yangi dor yo‘llarini tegishli xavfsizlik darajasini ta’minlagan holda qurish va jihozlash uchun yo‘naltirilgan xarajatlarining bir qismi ularni 2025 yil 31 dekabrga qadar foydalanishga topshirish va uzunligi bir tomonga kamida 500 metr bo‘lishi sharti bilan har bir 500 metr yo‘l uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 1 milliard so‘m miqdorida qoplanadi.
Bunda, yo‘lovchi tashuvchi yangi dor yo‘llarini qurish va jihozlash bo‘yicha dastlabki 20 ta loyihaga yo‘naltirilgan investorlar xarajatlarining bir qismi qoplanadi.