Elektrchilarga yangi mashina va maxsus texnikalar berildi

Navro‘z umumxalq bayrami arafasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali tasarrufidagi elektr ta’minotlariga 10 dona “Damas” rusumli avtomashina va 3 dona "Isuzu" rusumli maxsus texnikalar topshirildi.

Sohaning yangi zamonaviy maxsus texnikalar bilan ta’minlanishi ish sifati va samaradorligini oshirish imkoniyatini yaratish bilan birga elektr energiyasidagi uzilishlarni tezkorlik bilan bartaraf etish, hududlarda amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini yanada jadallashtirishga hamda aholiga sifatli elektr energiyasini yetkazib berish uchun xizmat qiladi.

Ishchi-xodimlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, avtotransport va moddiy-texnik bazani yanada mustahkamlash maqsadida ushbu avtomashinalarning topshirilishi Navro‘z bayramiga o‘ziga xos munosib tuhfa bo‘ldi.