Elmira Bositxonova Samarqandda sayyor qabul o‘tkazadi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E.Bositxonova 20 iyul kuni Samarqandga kelishi kutilmoqda.

Samarqand viloyati xotin-qizlar qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, E.Bositxonova xotin-qizlar qo‘mitalari va boshlang‘ich tashkilotlar rahbarlari, mahallalardagi mutaxassislar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari, faol qizlar ishtirokidagi uchrashuv va seminarlarda qatnashadi. Tibbiyot muassasalari, ayollar reabilitatsiya markazi va xotin-qizlar mehnat qilayotgan ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishadi. Shuningdek, kam ta’minlangan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj ayollarga nogironlik aravachasi va boshqa reabilitatsiya vositalari tarqatiladi.

Kunning ikkinchi yarmida Samarqand shahrida Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi raisi tomonidan sayyor qabul o‘tkaziladi.