“Ayollar daftari” ayollar uchun haqiqiy imkoniyat: Yevroosiyo Milliy universiteti doktoranti  Raziya Asilgojinaning o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi

Respublikamizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, gender tengligi borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida tashrif buyurgan Astana shahar Yevroosiyo Milliy universiteti PhD doktoranti Raziya taasssurotlarini bo‘lishdi.

Dastlab, shahar hokimi Gavhar Alimova bilan bo‘lgan suhbat davomida Raziya Asilgajina o‘zining ilk fikrlarini bildirdi.

Avvalo meni shaharni ayol hokim tomonidan boshqarilayotganligi, muhimi shu yerlik aholi bilan suhbat davomida ularning bundan judayam mamnun ekanliklari, chunki shahar hokimi tomonidan keyingi yillarda Kattaqo‘rg‘on shahrida juda katta bunyodkorlik ishlari, ulkan qurilish, ta’mirlash ishlari amalga oshirilganligi, yangidan -yangi inshootlarning barpo etilganligini, universitet filialining tashkil qilinganini e’tirof etganliklari juda hayratlantirdi, -deydi R. Asilgajina. Bu ham yurtingizda ayollarga berilayotgan katta e’tibor, ularning har jabhada yuksak salohiyatga ega ekanligiga bildirilgan ishonchdir.

Shuningdek, suhbat davomida shahar hokimining ayol sifatida ham oila ham boshqaruv sohasidagi faoliyatining mashaqqati, hokimlikning mas’uliyat hissi qanchalik ekanligiga qiziqqan  qozog‘istonlik olima o‘zining savollariga olgan javobidan mamnun bo‘ldi.

Shu kuni mehmonning navbatdagi manzili shahar Xalq qabulxonasi bo‘ldi.

Xalq qabulxonasi mudiri Hamrotosh Shodiyeva yurtimizda aholi turmush sharoitini yaxshilash, buning uchun birinchi o‘rinda ularning muammolarini o‘rganish va hal etish maqsadida ish olib borayotgan Prezidentning joylardagi Xalq qabulxonalari faoliyati, shahrimizda ushbu yo‘nalishda xotin-qizlarning muammolarini bartaraf etish borasida olib borilayotgan ishlar, xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan yordamlar haqidagi fikrlarini bayon qildi.

Raziya Asilgajina birgina mahalla misolida aholi turmush sharoitini, xususan xotin-qizlar bilan ishlash, ularni  qo‘llab-quvvatlash maqsadida alohida mas’ul shaxsning, ya’ni xotin-qizlar faolining ish olib borayotgani, ayniqsa, ijimoiy himoyaga muhtoj ayollarga ko‘maklashish uchun “Ayollar daftari”ning tashkil qilingani va shu orqali xotin-qizlarga yordamlar ko‘rsatilayotgani, biror bir ayolning e’tibordan chetda qolmasligidan, yurtimizda amalga oshirilayotgan bunday oqilona siyosatdan hayratlanganligini alohida ta’kidladi.   

U haqiqatdan ham O‘zbekistonda xotin-qizlar masalasiga juda katta e’tibor qaratilayotganligini, ularning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarning amaliy natijasini Kattaqo‘rg‘on shahrida bu borada olib borilayotgan oshirilayotgan ishlar misolida ko‘rganligini  bildirdi.

Hilola Ergasheva.