Haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilib, pora talab qilgan shaxslar qo‘lga olindi

Huquq-tartibot organlari vakillari Ishtixon tumanida tadbir olib bordi. Tadbir davomida ushbu tumanda yashovchi S.Z. yaqin tanishi S.O. bilan jinoiy til biriktirib, fuqaroga "B" toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilib, undan 1200 AQSh dollarini olayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Ushbu fuqarolarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi, 3-qismi, "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.