Rahbarlar Kattaqo‘rg‘on tumani yoshlarini tingladi
Kattaqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilayotgan yoshlar festivali doirasida ’’Rahbar va yoshlar uchrashuvi’’ tashkil etildi.
Unda 100 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi. Ularning 10 nafarga yaqini tumanda yoshlar markazi qurilishi, qishlog‘ida badiiy kitoblarga boy kutubxona tashkil etilishi, stol tennisi bo‘yicha musobaqalar tashkil etish va boshqa masalalar bo‘yicha rahbarlarga murojaat qildi.
Rahbarlar barcha masalalar hal etilishiga va’da berdi.
Viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Sarvar Boboyev bugun yoshlar mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish kerakligini aytdi va kimlar ’’Ibrat farzandlari’’ loyihasi haqida ma’lumotga ega ekanligini so‘radi.
- Bu savol men uchun ham qiziq, - dedi tuman hokimi J.Nasriddinov. - O‘zim aynan shu dasturni telefonimga o‘rnatganman. Qani, shu haqida bilganlar qo‘lini ko‘tarsin-chi?
Bor-yo‘g‘i 20 nafar yosh qo‘lini ko‘tardi. Agar bugun festivalda yoshlar faol ishtirok etsa aynan ’’Ibrat farzandlari’, ’’Ustoz AI’’ va ’’Mutolaa’’ kabi yangi loyihalar haqida ma’lumotga ega bo‘lishini aytdi. Sababi festival doirasida ushbu loyihalarning taqdimotlari ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.