Kattaqo‘rg‘onda xavfsiz muhitni ta’minlash: jinoyatchilikning oldini olishda manzilli choralar samara bermoqda

Prezidentning 2025 yil 3 yanvardagi “2025 yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on tumanida tizimli va manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.

Kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida tuman prokuraturasi tomonidan har bir mahalla uchun namunali “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. Ushbu hujjat asosida 2024 yilda mahallalarda sodir etilgan jinoyatlar tahlil qilindi, “qizil” toifadagi hududlar aniqlanib, ular bo‘yicha maqsadli vazifalar belgilab olindi.

2025 yil davomida idoralararo muvofiqlashtiruvchi shtab hamda tuman ishchi guruhi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ular huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash, bartaraf etish hamda xavfsiz muhitni ta’minlashda muvofiqlashgan tarzda ish olib bormoqda.

Tuman hududida xavfsizlikni oshirish maqsadida keng ko‘lamli texnik tadbirlar amalga oshirilib, 220 ta videokuzatuv kamerasi aholi gavjum joylarga o‘rnatildi, 70 ta yuz va avtoraqamni tanish kameralari kirish-chiqish nuqtalarini qamrab oldi, 5 ta PTZ-kamera ko‘p qavatli uy hovlilariga joylashtirildi, 30 ta PTZ-kamera maktab va bog‘cha kirish-chiqish nuqtalarini nazorat qilmoqda, 20 ta PTZ-kamera maktablar sport maydonlariga o‘rnatildi, 22 ta domofon ko‘p qavatli uylarga o‘rnatildi, 180 ta xonadon Milliy gvardiya qo‘rig‘iga olindi, 37 ta savdo va xizmat ko‘rsatish ob’yektlari texnik qo‘riqlash tizimiga ulandi, 10 ta “tashvish tugmasi” xavfsizlik nuqtalarda faoliyat boshladi.
Jinoyatchilikning oldini olishda huquqiy ong va fuqarolarning faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 32 ta namunaviy xavfsiz ko‘cha, 65 ta xavfsiz yo‘lak tashkil etildi.
Jahongir Safarov.