O‘tmishdan saboq, bugundan iftixor: Kattaqo‘rg‘on haqida yangi kitob

Kattaqo‘rg‘onning boy tarixi, bugungi qiyofasi va ertangi orzu-maqsadlari jamlangan yangi kitob nashrdan chiqdi. «Kattaqo‘rg‘on: kechagi izlar, bugungi manzillar» nomli mazkur asar shahar tarixiga bag‘ishlangan o‘ziga xos ma’naviy xazinadir.

Shahar hokimi Gavhar Alimova g‘oyasi asosida, Jamshid Nosirov mas’ul muharrirligida tayyorlangan kitob taqdimoti keng jamoatchilik ishtirokida o‘tkazildi.

Tadbirda kitobning yaratilish tarixi, uni tayyorlash jarayonida tarixchi olimlar va ijodiy jamoaning mehnati haqida so‘z yuritildi. Namoyish etilgan videolavha esa ishtirokchilarni Kattaqo‘rg‘onning kechagi va bugungi manzaralari bilan tanishtirdi. Kitobda shaharning shonli tarixi bilan bir qatorda, ilm-fan, sanoat, madaniyat va sport sohalaridagi yutuqlar, zamonaviy bunyodkorlik jarayonlari ham aks etgan.

Taqdimotda so‘zga chiqqanlar ushbu asar Kattaqo‘rg‘on tarixini o‘rganish, uning boy merosini asrash va kelajak avlodga yetkazishda muhim manba bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladilar.
«Kattaqo‘rg‘on: kechagi izlar, bugungi manzillar» – kechani anglab, bugunni qadrlash va ertangi kunga ishonch bilan qadam qo‘yishga chorlovchi kitob.

Hilola ERGAShEVA.