Endilikda ipoteka krediti 60 yoshgacha beriladi
- 19.09.2019 16:31
- 231
- Iqtisodiyot
Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali.
Endilikda, yakka tartibda va qishloq joylarda namunaviy qurilgan arzon uy-joylar uchun ipoteka kreditlari 2 yillik (2020 yil 1 yanvardan 1 yillik) imtiyozli davr bilan 20 yil (hozirgacha 6 oylik imtiyozli davr bilan 15 yilgacha) muddatga beriladi.
Shuningdek, o‘lchami 0,02 gektar bo‘lgan yerda joylashgan bir qavatli 3 xonali arzon uylar va 4 qavatli arzon ko‘p kvartirali (2 va 3 xonali) uylar arzon uy-joy hisoblanadi.
Ipoteka krediti miqdori arzon uy-joy qiymatining 90 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
Bundan tashqari, ipoteka krediti 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi (hozirga qadar bunday kredit olish uchun yuqori yosh chegarasi belgilanmagan