Eng muhim 20 ga yaqin xizmat turi bir joyda

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 8 maydagi “Davlat mulki ob’yektlarining hisobini yuritish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan davlat tashkilotlari tomonidan hisob ob’yektlarining joriy holati, shuningdek, moliyaviy ko‘rsatkichlari, jumladan, mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar onlayn tarzda “Davlat mulki” axborot tizimiga kiritib boriladi. 

Bugungi kunda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan My.gov.uz portali orqali taqdim etilayotgan 20 ga yaqin davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish mumkin. Jumladan, bankrotlik to‘g‘risida, davlat ulushiga ega korxonalar bo‘yicha ma’lumot olish, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishning birlamchi miqdorini hisoblash, bo‘sh turgan davlat ob’yektlari to‘g‘risida ma’lumot, alohida uy-joyni (kvartira, uy, kvartiraning yoki uyning bir qismini) xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotnoma berish ham mumkin. Davlat mulki ob’yektini xususiylashtirish uchun buyurtmanoma berish, ko‘chmas mulk ob’yektlari va davlat ulushlari xususiylashtirilganligi to‘g‘risidagi davlat namunasidagi order va sertifikatlarni taqdim etish, sud boshqaruvchisi malaka attestatini berish, rieltorlarning malaka imtihonini o‘tkazish va ularga malaka sertifikatini berish ham shular jumlasiga kiradi.

Davlat mulkining birlamchi ijara haqi miqdorini hisoblash, baholovchilarga toifa berish uchun ariza berish, baholovchilarning malaka imtihonini o‘tkazish va ularga malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, rieltorlarning malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish, malaka sertifikati muddatini uzaytirish uchun rieltorlarning malaka imtihonini o‘tkazish, muddatini uzaytirish uchun baholovchilarning malaka imtihonini o‘tkazish, “E-AUKSION” elektron savdo platformasida g‘oliblik uchun rasmiylashtirilgan bayonnomani olish xizmatlari ko‘rsatiladi. 

"Davaktiv" agentligi viloyat hududiy boshqarmasi axborot xizmati.