Eron – Isroil ziddiyati: Eron Isroil ustidan g‘alaba qozonganini e’lon qildi

“Eron Isroil bilan mojaroda g‘alaba qozondi”, dedi mamlakat oliy rahbari Ali Xomanaiy.
“Sizni yolg‘onchi sionistik rejim ustidan qozongan g‘alabangiz bilan tabriklayman”, dedi Eron oliy yetakchisi xalqqa murojaatida. Bu haqda X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilindi.
12 kun davom etgan misli ko‘rilmagan to‘g‘ridan-to‘g‘ri jangovar harakatlardan so‘ng, Isroil va Eron o‘t ochishni to‘xtatishga erishdi va bu mintaqaga keskin va mo‘rt tinchlik keltirdi.
Vayronkor havo, raketa hujumlari va yashirin operatsiyalarni o‘z ichiga olgan urush har ikki davlatni ham larzaga soldi. Faol jangovar harakatlar to‘xtagan bo‘lsa-da, qisqa, ammo shiddatli qarama-qarshilikning siyosiy, harbiy va yadroviy oqibatlari endigina paydo bo‘la boshladi.
Ikkala tomon ham g‘alaba e’lon qilishga shoshildi, isroilliklar o‘z maqsadlariga erishganini ta’kidlasa, eronliklar ashaddiy dushmaniga qarshi o‘t ochishni to‘xtatishni ta’kidlamoqda.
Shu fonda tahlilchilar otashkesim mo‘rt, strategik muvozanat o‘zgargani, mojaro qayta boshlanishi yoki xavfli eskalatsiya xavfi yuqoriligicha qolayotganidan ogohlantirmoqda.