Yevropa bu yozda turizmga qarshi noroziliklarning epitsentriga aylandi
Niderlandiya, Gretsiya va Ispaniyada sayyohlikka qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. CNN buning sabablari va norozilik namoyishlaridan maqsad bilan qiziqqan.
Noroziliklarning markazida ijara haqi va uy narxining oshishi muammosi yotadi. Chunki bu holat ba’zi aholi uchun uy olishni deyarli imkonsiz qilib qo‘ygan. Shahar meri Jaume Kolboni so‘zlariga ko‘ra, Barselonada ijara haqi so‘nggi o‘n yil ichida 68 foizga oshgan.
6 iyul kuni turizmga qarshi namoyishchilar shahar markazida mehmonlarga suv to‘pponchalaridan o‘q uzishgan.
Noroziliklar ortidan Yevropaning ayrim shaharlaridagi mahalliy hokimiyatlar turizmni jiddiy nazoratga olishga harakat qilmoqda.
Misol uchun, Venetsiya rasmiylari sayyohlar uchun vaqtinchalik kirish to‘lovini qayta ko‘rib chiqdi.
Venetsiya meri Luidji Brugnaroning so‘zlariga ko‘ra, 25 aprelda boshlangan va 14 iyulda yakunlangan yangi 5 yevro (taxminan 5,4 dollar) turistik to‘lov 2,4 million yevrodan (taxminan 2.6 million dollar) ko‘proq daromad keltirgan va bu kutilganidan ancha ko‘p.
Namoyishlar tashkilotchilariga ko‘ra, sayyohlar orqali topiladigan pullarni odamlar yashashiga imkon beradigan joyga va ish joylariga investitsiya qilish kerak.
«Bu (noroziliklar) biz muvozanatni topmagunimizcha davom etadi,» deydi ulardan biri.