Yevropa Ittifoqi fuqarolari uchun yangi immigratsiya tizimi joriy etiladi
Bugun, 30 iyun - Buyuk Britaniyada istiqomat qiluvchi Yevropa Ittifoqi fuqarolari yashash ruxsatnomasi olish uchun murojaat qilishlari mumkin bo‘lgan so‘nggi kun.
Buyuk Britaniya hukumati "breksit" doirasida yangi immigratsiya tizimini joriy qilmoqda va bundan buyon Yevropa Ittifoqidan chiqqanlarning boshqa davlatlar fuqarolariga nisbatan ustunligi bo‘lmaydi. Shu kungacha 5,5 milliondan ortiq yevropaliklar so‘rov yuborishdi.
"Ammo 400 mingga yaqin arizalar javobsiz qoldi, ko‘plar esa bir yildan beri xabar kutishmoqda. Bular, avvalo, tekshirishni talab qilgan, qiyin vaziyatga tushib qolgan odamlardir. Bu odamlarga tashvishlanmaslik, agar ular arizalarini o‘z vaqtida rasmiylashtirgan bo‘lsa ular mamlakatda qolishi mumkin bo‘lishi aytilmoqda. Ammo ulgurmaganlar ahvoli nima bo‘ladi? Mutaxassislar u yoki bu sabablarga ko‘ra hali qancha odam ariza topshirmaganini aniq tasdiqlashni o‘z zimmasiga olmaydi», - deya xabar beradi Yuronews muxbiri Tayg Enrayt.
Ballga asoslangan yangi tizim olti oydan keyin kuchga kiradi. Dushanba kuni Birlashgan Qirollik hukumati shifokor va ijtimoiy ishchilar tezlashtirilgan sxema bo‘yicha viza olishi mumkinligini e’lon qildi.
Shunga qaramay, ayni paytda Britaniya biznesi qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida ishchilar yetishmasligidan shikoyat qilmoqda.