Yevropa ittifoqi Qirg‘izistondagi vaziyatga munosabat bildirdi

Yevropa ittifoqi Qirg‘izistondagi vaziyatga munosabat bildirib, barcha siyosiy kuchlarni vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirdi. Bu haqida Lenta.ru nashri xabar berdi.

Blokning tashqi siyosiy xizmati taqdim etgan bayonotda, Yevropa ittifoqi parlament saylovlari natijalari bekor qilinganini e’tiborga olishi va konstitutsiya doirasida harakat qilish zarurligi ta’kidlangan.

“Biz yangi, ishonchli, shaffof va inklyuziv saylovlar o‘tkazilishini kutib qolamiz”, - deyilgan bayonotda.

6 oktyabr kuni Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi 4 oktyabr kuni o‘tkazilgan parlament saylovlari natijalarini haqiqiy emas, deb tan oldi.