Qirg‘izistonning eng ommabop nashrida Samarqandning sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan maqola chop etildi

Qirg‘izistonning ommabop "Slovo Kirgizstana" gazetasida "Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi: barcha yo‘llar Samarqandga olib boradi" sarlavhali maqola chop etildi.

Nashrda qayd etilganidek, Samarqand ikki yarim ming yildan ortiq tarixga ega va qadimdan jahon madaniyatlarining chorrahasi bo‘lib kelgan.

Ma’lum qilinganidek, Samarqand shahri 2001 yilda "Samarqand – madaniyatlar chorrahasi" nomi bilan YuNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Qadim zamonlardan beri bu shahar tarixiy uchrashuvlar joyi hamda madaniy o‘zaro boyitish, xalqaro savdo va yaqin qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash chorrahasi bo‘lib kelgan. Qayd etilganidek, bugungi kunda qadimiy va hamisha navqiron bo‘lgan Samarqand mashhur sayyohlik markazlaridan biri sifatida o‘z mavqeini mustahkamlashda davom etmoqda.

Materialda zamonaviy Samarqand sayyohlik markazining diqqatga sazovor joyi – bu "Silk Road Samarqand" xalqaro turizm markazi ekanligi ta’kidlagan. U yerda tubdan yangi me’moriy va muhandislik yechimlari asosida yuqori darajadagi mehmonxonalar, zamonaviy kongress markazi, shuningdek, qadimiy me’morchilikning eng yaxshi an’analarini o‘zida mujassam etgan "Boqiy shahar" etnoparki bunyod etilgan.

"Zamonaviy Samarqandning yana bir boyligi — bu 2022 yil oktyabr oyidan beri "ochiq osmon" rejimida faoliyat yuritib kelayotgan Markaziy Osiyodagi eng zamonaviy va yuqori texnologiyali havo portlaridan biri sifatida e’tirof etilayotgan xalqaro aeroportidir, — deb ta’kidlangan maqola.

Manba