Qirg‘iziston parlamenti muddatidan oldin o‘zini tarqatishga qaror qildi
- 25.09.2025 14:07
- 91
- Xorij
Bugun Qirg‘iziston Jogorku Keneshi (parlamenti) 7-chaqiriq deputatlarini o‘zini tarqatish haqida qaror qabul qildi. Bu taklif 32 nafar deputatdan iborat tashabbus guruhi tomonidan kiritilgan.
Qarorning ikki asosiy sababi qayd etildi: yangilangan Saylov to‘g‘risidagi qonun (parlament saylovlarining yangi tizimiga ko‘ra) va Jogorku Kenesh hamda Prezident saylovlari orasidagi qisqa muddat.
Jogorku Keneshning 7-chaqiriq konstitutsiyaviy vakolat muddati 2026 yil noyabrda tugaydi. Prezident saylovlari esa 2027 yil yanvarga belgilangan.
Tashabbuskor deputatlarning fikricha, ikki yirik siyosiy tadbirni bir vaqtda o‘tkazish mamlakatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Parlament tarqatilgandan so‘ng, Prezident deputatlarning muddatidan oldingi saylovini tayinlash to‘g‘risida farmon imzolashi lozim.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Pullardagi hid nimadan kelib chiqadi?
- Bugun, 14:59
- O'qing, qiziq!
Ochiq turizm mavsumi boshlandi
- Bugun, 12:59
- Sport