Qirg‘izistonda davlat tilidan ommaviy diktant joriy etildi

Bu haqda ta’lim va fan vaziri Qanibek Imanaliyevga asoslanib, “24.kg” agentligi xabar bergan.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, hamma, jumladan, mansabdor shaxslar ham qirg‘iz tilida diktant yozishi shart bo‘ladi. Imanaliyev bir yilda to‘rt marta diktant o‘tkazishni taklif qiladi. Agentlikning aniqlik kiritishicha, tegishli buyruq hali imzolanmagan.

23 avgust kuni “24.kg” axborot agentligi Davlat tili va til siyosati milliy komissiyasi raisi o‘rinbosari Yildiz Orozobekovaga tayanib, Qirg‘izistonda maktab o‘quvchilari keyingi sinfga o‘tishda qirg‘iz tilidan imtihon topshirishlari haqida xabar bergan.