Qirg‘izistonda energiya tanqisligi sababli uch yilga favqulodda holat rejimi joriy etildi
Qirg‘izistonda elektr energiyasi taqchilligi kuchayib borayotgani sababli 1 avgustdan boshlab energetika sohasida favqulodda holat joriy etiladi. Maxsus rejim 2026 yil 31 dekabrgacha davom etadi.
Energiya taqchilligi ortib borayotganining asosiy sababi Norin daryosi havzasida suv oqimining pastligi deyilmoqda. Oqim pastligi mahalliy gidroelektr stansiyalarda elektr energiyasi ishlab chiqarishni qisqartirish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Iste’mol esa respublikada tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda.
OAV xabariga ko‘ra, energiyani tejash maqsadida iste’molchilarni uzish haqida mamlakat rasmiylari hozircha gapirmayapti. Biroq, gazeta manbalarining ta’kidlashicha, bunday ssenariy bo‘lishi mumkin, chunki energiya tizimini tartibga soluvchilar har yili qishda ertalab va kechqurun aholidan iste’molni kamaytirishni so‘rashadi. Bozor mutaxassislarining ta’kidlashicha, gidroelektrostansiyalarni ishlab chiqarish ob-havo sharoitlariga juda bog‘liq. Chunki qishda energiya iste’molining eng yuqori darajasi daryolar sathining pasayishi davrida sodir bo‘ladi.
Tahlilchilarning fikricha, Qirg‘iziston hukumati istagan yangi GESlar qurilishi katta vaqt va moliyaviy xarajatlarni talab qiladi. Energiya ishlab chiqarishdagi mavsumiy tafovutni yo‘qotadigan AES qurish esa mantiqiyroq deb aytilmoqda.