Viloyat aralash jang san’atlari assotsiatsiyasiga rais saylandi
                                                                        Samarqand shahrida viloyat aralash jang san’atlari assotsiatsiyasining navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi viloyat hududiy bo‘limi a’zolari, sport muassasalari rahbarlari va trenerlar ishtirok etdi.
Dastlab joriy yilning 10 oyi davomida sportning aralash jang san’atlari turini rivojlantirish va ommalashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida hisobot berildi.
Shundan so‘ng viloyat aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi raisi va uning o‘rinbosarlari saylandi. 
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Tohir Aripov assotsiatsiya raisligiga hamda Zafar Salimov assotsiatsiyaning ijrochi direktorligiga bir ovozdan ma’qullandi.
Yig‘ilishda viloyatda aralash jang san’atlari sport turini rivojlantirish va ommalashtirish borasida amalga oshiriladigan ishlar va chora-tadbirlar belgilab olindi.