Charxindagi topilma taqdiri nima bo‘ladi?

2024 yil 14 avgust kuni kanalimizda Past Darg‘om tumani Charxin mahallasidagi "Ko‘ktosh" qabristoni hududida eski dahma topilgani haqida xabar bergan edik.

Shundan so‘ng mazkur arxeologik topilma madaniy meros agentligi viloyati boshqarmasi va Samarqand arxeologiya instituti xodimlari tomonidan borib o‘rganildi. Bu haqda madaniy meros agentligi tomonidan xabar ham berilgandi.

Shundan so‘ng o‘rganish natijalari va xulosa qanday bo‘lganidan xabardor emasmiz. Mahalliy aholi esa bu joyning ustini vaqtinchi yopib qo‘ygandi. 

Yaqinda ijtimoiy tarmoqda bir guruh faollar va qishloq aholisi topilmani yog‘in-sochindan asrash maqsadida, o‘zlari plyonka yopib qo‘yayotganini ko‘rdik.

Bundan ko‘rinadiki, arxeologik topilmaga mas’ullar e’tiborsiz.