Qozog‘istonliklarning 85 foizi yangi Konstitutsiyani qo‘llab-quvvatladi

Qozog‘iston Konstitutsiyasi deyarli qayta yozildi. Yangi hujjat atigi 22 kunda tayyorlandi va kutilganidek prezident rolini kuchaytiradi.

15 mart kuni Qozog‘istonda yangi Konstitutsiyani qabul qilish bo‘yicha referendum o‘tkazildi. Hujjat davlat tuzilishida katta o‘zgarishlar kiritishi mumkinligi kutilmoqda. Masalan, u prezident hukumatini kuchaytiradi, mahalliy qonunchilikni xalqaro huquqdan ustun qo‘yadi, siyosiy partiyalarga xorijiy moliyalashtirishni taqiqlaydi, nikohni erkak va ayol o‘rtasidagi ittifoq sifatida belgilaydi. Shuningdek, rus tilidan foydalanish bo‘yicha ham o‘zgarishlar bor, deyiladi xabarlarda.

Amaldagi Konstitutsiya moddalarining 84 foizi o‘zgartirilishi rejalashtirilmoqda. Ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat aholisining 85 foizdan ortig‘i yangi Konstitutsiyani qo‘llab-quvvatlagan.

Rasmiy natijalar hali e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, Qosim-Jomart Toqayev mamlakat fuqarolarini yangi Konstitutsiya qabul qilinishi bilan tabrikladi.