Qozog‘istonda o‘z xotinini o‘ldirganlikda ayblangan sobiq vazir koloniyadan g‘oyib bo‘ldi
- 11.11.2024 10:34
- 145
- Xorij
Xotinini o‘ldirgani uchun 24 yil qamoq jazosiga hukm qilingan Qozog‘istonning sobiq iqtisodiyot vaziri Quandiq Bishimbayevni qozoq jurnalistlari jazoni o‘tash joyida - Arshali qishlog‘idagi koloniyadan topa olmagan. Sobiq vazirning koloniyada yo‘qligi haqidagi ma’lumotni Bishimbayevning advokati tasdiqlagan.
Qayd etilishicha, 2024 yil iyulidan beri Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari Bishimbayev qaysi qamoqxonada ekanligi haqida ma’lumot e’lon qilmagan.
Vahshiy qotillik 2023 yilning noyabrida sodir bo‘lgan edi. O‘zaro janjaldan keyin Bishimbayev o‘zining turmush o‘rtog‘i Saltanat Nukenovani kaltaklab o‘ldirgan. May oyida Bishimbayev 24 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.
Bu qotillikdan keyin Qozog‘istonda oilaviy zo‘ravonlik uchun jazoni kuchaytiruvchi qonun qabul qilindi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Kamikadze qanday paydo bo‘lgan?
- Kecha, 18:46
- O'qing, qiziq!