Xalqaro teatr festivalida "Layli va Majnun" spektakli oliy sovringa loyiq topildi
Qozog‘iston Respublikasining Chimkent shahrida “Markaziy Osiyo xalqlarining IX Xalqaro teatr festivali” bo‘lib o‘tdi.
Unda “Layli va Majnunʼʼ spektakli bilan ishtirok etgan Samarqand viloyati musiqali drama teatri ijodiy jamoasi g‘olib deb topilib, Gran-prini qo‘lga kiritdi va 3 million tenge (6000 AQSh dollari) pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Markaziy Osiyo mamlakatlarining IX Xalqaro teatr festivali g‘oliblari:
“Eng yaxshi epizodik rol ” – Bazarbay Nazarimbetov, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri aktyori;
“Eng yaxshi epizodik ayol obrazi” - Baxtigul Asanova, “Uchur” yoshlar teatri aktrisasi (Qirg‘iziston);
“Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor” – Marat Xabibulin, Abdulla To‘qay nomidagi Atna davlat tatar drama teatrining aktyori (Tatariston);
“Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa" – Sevinch Qurbonova, “Diydor” davlat yoshlar eksperimental teatr-studiyasining aktrisasi (O‘zbekiston);
“Eng yaxshi erkak roli” – Firat Onur Deniz, Alaniya shahar teatri aktyori (Turkiya);
“Eng yaxshi ayol obrazi” – Mo‘ldir Ziyayeva, Jumat Shanin nomidagi Chimkent shahar akademik qozoq drama teatri aktrisasi (Qozog‘iston);
“Eng yaxshi aktyorlik ansambli” – G‘.Musirepov nomidagi Qozog‘iston davlat akademik bolalar va o‘smirlar teatrining “Ulpan” spektakli aktyorlari;
“Eng yaxshi rejissyor” – Shamil Dikanbayev, “Uchur” davlat yoshlar teatrining “Yuzma-yuz” spektakli rejissyori (Qirg‘iziston);
“Eng yaxshi spektakl” - Samarqand viloyat musiqali drama teatrining “Layli va Majnun” spektakli (O‘zbekiston).
Ma’lumot uchun: Samarqand viloyati musiqali drama teatri ijodiy jamoasi Ozarbayjon Respublikasida bo‘lib o‘tgan Xalqaro festivalda ham “Layli va Majnun” spektakli bilan ishtirok etib, unda ham Gran-Prini qo‘lga kiritgan edi.