Qozog‘istondagi yana sovuqda yo‘lda qolgan o‘zbekistonliklar aniqlanib, yordam ko‘rsatildi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ogohlantirish bilan chiqdi

So‘nggi kunlarda Qozog‘iston Respublikasining hududlarida ob-havoning keskin sovushi natijasida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda.

Shuningdek, yaqin haftalar davomida ham sovuq havo harorati saqlanib qolishi sababli Respublika darajasidagi avtoyo‘llarda harakatlanish cheklangan.

Shu munosabat bilan, agentlik ushbu davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, xavfsiz transport vositalaridan foydalanishni, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslikni so‘ragan.

Ma’lumot uchun, Qozog‘istonning Qarag‘andi viloyatidagi trassada avtobusda sovuqda qolib ketgan 20 nafar o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatilgan. Shuningdek, ushbu shaxslar turar joy va issiq ovqat bilan ta’minlangan.