Elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan shaxslar aniqlandi
- 13.12.2024 16:25
- 60
- Jinoyat va jazo

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut, Samarqand, Oqdaryo tumanlari hamda Kattaqo‘rg‘on shahri bo‘limlari tomonidan hududlarda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishning oldini olishga qaratilgan tergovga qadar tekshiruv ishlari o‘tkazilgan.
Ushbu tekshiruvlarda “A.S.”, "O.O." fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari va boshqalar elektr ta’minoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan suv nasoslari va elektr jihozlarini umumiy foydalanishdagi tarmoqlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib olganligi aniqlangan. Oqibatda ular jami 439,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Teglar:
elektr energiyasi
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Dunyoni yaxshilar obod qiladi
- Bugun, 05:58
- Mutolaa
Туркияда Гермеснинг мармар ҳайкали топилди
- Kecha, 20:45
- Xorij
Iste’molchi doim haq
- Kecha, 17:14
- O‘zbekiston