Elektr tarmoqlariga yana bir noqonuniy ulanish fosh etildi
- 13.08.2024 15:19
- 127
- Jinoyat va jazo
Avvalroq Kattaqo‘rg‘on tumanidagi shunga o‘xshash holat haqida xabar qilingandi.
Bunisi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jomboy tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.
Ma’lumotga ko‘ra, tumandagi mas’uliyati cheklangan jamiyati ish boshqaruvchisi I.P. quvvati 12 kVt/s. bo‘lgan suv nasosini elektr tarmog‘iga yashirin yo‘llar bilan ulab olgan.
Bu orqali 121,1 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan.
Aniqlangan ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.