Olti oyda salkam 228 milion kVt*soat elektr energiyasi iqtisod qilingan
Bu haqda tizimning viloyat tashkiloti rahbari xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasidagi hisobotida qayd qilingan.
Unga ko‘ra, 5 ming 589,3 kilometr masofadagi havo tarmoqlarni daraxt shoxlaridan tozalash rejasi belgilangan. Shundan 1 ming 119 kilometri (20 foizi) bajarilib, 37 million kVt*soat elektr energiyasi iste’moli iqtisod qilinishiga erishilgan.
Elektrni iqtisod qilishda shuningdek, transformator punktlarini mukammal ta’mirlash ham muhim rol o‘ynayotgani qayd etilgan. Bu borada reja 1197 ta bo‘lib, amalda 350 tasi (29,3 foizi) hamda 3004 ta o‘rniga amalda 1465 tasi (48,7 foizi) joriy ta’mirlanishi natijasida 34,8 mmillion kVt* soat elektr iste’moli kamaygan.
Transformatordagi qo‘lbola o‘tkazgichlar (juchok, shunt), avtomat va ajratgich (rubilnik) yangisiga almashtirish rejada 1877 ta bo‘lib, 351 tasi (18,7 foizi) almashtirilgan va 19,9 million kVt*soat elektr energiyasi iqtisod qilingan.
Eng katta tejash boshqa tashkiliy texnik tadbirlarni amalga oshirish orqali (53 million kVt* soat) bo‘lgan.