Behbudiy tug‘ilgan mahallaga uning nomi beriladi
Mahmudxo‘ja Behbudiy qayerda tug‘ilganini bilasizmi?
U Toyloq tumanidagi hozirgi Baxshitepa mahallasida dunyoga kelgan.
Yaqinda viloyat hokimligi huzuridagi geografik ob’yektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha komissiya yig‘ilishida Baxshitepa mahallasi nomi o‘zgartirildi, ya’ni ushbu mahallaga Mahmudxo‘ja Behbudiy nomi berilishi bo‘yicha qaror qilindi va tasdiqlash uchun respublika komissiyasi yig‘ilishi kiritiladigan bo‘ldi.
Bugun Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va faoliyatini chuqur tadqiq qilish, ilmiy va badiiy asarlarini keng ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, Turkiston jadidlik harakatining asoschisi Mahmudxo‘ja Behbudiy nomini abadiylashtirishga ham katta e’tibor berilmoqda. Shu maqsadda o‘zi tug‘ilib o‘sgan mahalla uning nomi bilan ataladigan bo‘ldi.
Toyloq tumani hokimligining ma’lum qilishicha, mahallada kutubxona va bog‘ ham tashkil etiladi.