Ma’muriy adolat amaliyoti: arizalar, qarorlar va natijalar
Viloyat hamda tumanlararo ma’muriy sudi tomonidan 2025 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlariga nisbatan mansabdor shaxslarning qarorlarini haqiqiy emas deb topish hamda xatti-harakatlari (harakatsizligi)ni qonunga xilof deb topish haqidagi arizalari asosida jami 1323 ta ma’muriy ishlar ko‘rib tamomlangan.
Shundan 502 ta ariza qanoatlantirilgan, 480 ta arizani qanoatlantirish rad qilingan, 122 ta ariza ko‘rmasdan qoldirilgan, 219 ta ariza bo‘yicha ish yuritish tugatilgan.
2025 yil davomida ko‘rilgan ishlar soni 2024 yilga nisbatan 158 taga yoki 13,6 foizga oshgan.
Ko‘rib chiqilgan ishlar davlat organlari kesimida tahlil qilinganda, 430 tasi mahalliy davlat hokimiyati, 356 tasi kadastr agentligi, 175 tasi soliq organlari, 87 tasi majburiy ijro byurosi, 68 tasi adliya organlari, 55 tasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar, 46 tasi byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi, 174 tasi boshqa davlat organlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Viloyat ma’muriy sudi apellyasiya instansiyasi tomonidan birinchi instansiya sudida sud hujjatlariga nisbatan keltirilgan shikoyat va protestlar asosida 179 ta ishlar ko‘rib chiqilgan bo‘lib, shundan 145 ta ish bo‘yicha chiqarilgan sud hujjatlari o‘zgarishsiz qoldirilgan,
15 ta ish bo‘yicha sud hujjatlari bekor qilingan, 2 ta apellyasiya shikoyati ko‘rmasdan qoldirilgan va17 ta apellyasiya shikoyati ish yuritishdan tugatilgan.
Kassatsiya instansiyasida 77 ta ishlar ko‘rib chiqilgan bo‘lib, shundan 62 ta ish bo‘yicha sud hujjatlari o‘zgarishsiz qoldirilgan, 1 ta sud hujjati o‘zgartirilgan, 11 ta ish bo‘yicha chiqarilgan sud hujjatlari bekor qilingan va 3 ta kassatsiya shikoyati bo‘yicha ish yuritishdan tugatilgan.
Taftish instansiyasida 117 ta ishlar ko‘rib chiqilgan bo‘lib, shundan 108 ta ish bo‘yicha quyi sud hujjatlari o‘zgarishsiz qoldirilgan, 5 ta ish bo‘yicha sud hujjatlari bekor qilingan, 2 ta taftish shikoyati ko‘rmasdan qoldirilgan va 2 tasi bo‘yicha ish yuritish tugatilgan.
Ishlarini ko‘rib chiqish jarayonida ma’muriy organlar va ular mansabdor shaxslari tomonidan yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishlarini oldini olish, kelgusida qonun buzilishlariga yo‘l qo‘ymaslik hamda ularga nisbatan huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash maqsadida viloyat hamda tumanlararo ma’muriy sudlari tomonidan jami 143 ta xususiy ajrimlar chiqarilgan.

Tohir Fayziyev, viloyat ma’muriy sudi raisi.