Jinoyat sodir etgan shaxs qidirilmoqda
 
                                                                        Samarqand shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi xabar berishicha, 1992 yilda Tojikiston Respublikasida tug‘ilgan Elnazarov Abdulahad Samiyevich Samarqand viloyati hududida jinoyat sodir etganligi sababli IIB xodimlari tomonidan qidirilmoqda.
U O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblangan. A.Elnazarovning alohida belgilari:
- bo‘yi 175–180 santimetr, bujmaygan, sochlari uzunroq qora, burni o‘rtacha holatda, tishlari tabiiy.
Abdulahad Elnazarov Samarqand shahar Ibn Xoldun ko‘chasi 15-uy 24-xonada yashagan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, oilali 2 nafar farzandi bor, muqaddam sudlanmagan, yog‘och o‘ymakorligi ustasi bo‘lib ishlab kelgan.
Kimki ushbu shaxsni ko‘rgan yo u haqda ma’lumotga ega bo‘lsa, o‘zlariga yaqin hududdagi ichki ishlar idoralariga xabar berishlarini so‘raymiz.
 
                 
                                     
                                     
                                     
                                     
                                    