Sud amaliyoti tahlili: 2025 yilda fuqarolik nizolari soni keskin ortdi
2025 yilning uch choragi davomida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda 130 ming 828 ta ish ko‘rilgan va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15 ming 745 taga ko‘paygan.
Da’vo tartibida ko‘rib tamomlangan fuqarolik ishlari nizo turi bo‘yicha tahlil qilinganda kredit qarzdorligi hamda qarz undirishga oid ko‘rilgan ishlari 9954 tani, nikohdan ajratish haqidagi ishlar 6780 tani, oilaviy nizolar 8676 tani, mehnat nizolari 603 tani, yer nizolari 3146 ta va uy-joy bilan bog‘liq nizolar 1997 tani tashkil etganini ko‘rish mumkin.
O‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda oila nizolari bilan bog‘liq ishlar 1300 taga, yerga oid nizolar bilan bog‘liq da’volar 587 taga, uy-joy nizolaridan kelib chiqqan da’volar 512 taga hamda kredit va qarz undirishga oid ko‘rilgan ishlar 245 taga ko‘paygan. Shu bilan birga alohida tartibda ko‘riladigan arizalar 102 taga, mehnat nizolari bilan bog‘liq da’volar 38 taga kamaygan. To‘qqiz oyda nikohdan ajratish bilan bog‘liq 6780 ta ish ko‘rildi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 480 taga ko‘paydi. Afsuski, oilaviy nizolar va ajrimlar bilan bog‘liq ishlar yildan-yilga ko‘paymoqda. Nikohdan ajratishga doir da’volarning 3076 tasi (45 foizi) qanoatlantirildi, 2957 tasi esa rad qilindi.
Yilning uch choragi davomida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan Majburiy ijro byurosi hududiy bo‘limlariga jami 1 trillion 482 milliard so‘mlik (308 ming 855 ta ish bo‘yicha) ijro hujjati yuborilib, qariyb 594 milliard so‘mi undirib berilgan.
Viloyat sudining apellyasiya, kassatsiya va taftish instansiyalarida tumanlararo, tuman va shahar sudlarining jami 1893 ta ishlari ko‘rilib, 338 ta hal qiluv qaror(ajrim)lari bekor qilingan, 78 tasi o‘zgartirilgan.
Bu davrda tumanlararo sudi har bir sudyaning o‘rtacha oylik ish hajmi 484,5 tani tashkil qilgan.
Sudlar tomonidan 226 ta ish bo‘yicha taraflar yarashtirilgani sabab, fuqarolik ishlari ish yurituvdan tugatilgan.
Fuqarolik ishlarining 320 tasi yoki 0,9 foizi sayyor sud majlislarini ko‘rilgan.
Zafar Allaboyev,
viloyat sudi raisining o‘rinbosari - fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi.