Reyting: Dunyodagi 10 ta eng tezyurar poyezd
Tezyurar poyezdlar nafaqat A nuqtadan B nuqtaga borishning oddiy usuli bo‘libgina qolmasdan, inson muhandisligi kuchining jonli dalilidir. Bugungi 2025 yilda bu zamonaviy mashinalar nafaqat sayohat vaqtini qisqartiradi, balki relslardagi tezlik tushunchasini butunlay qayta belgilab bermoqda.
TGV, Fransiya. Maksimal tezlik: soatiga 575 kilometr

Fransiyaning TGV tarmog‘i “LGV” yuqori tezlikdagi poyezdlar uchun mo‘ljallangan fransuz tezyurar temir yo‘l liniyalaridan foydalanadi. 2007 yilda ushbu platformada g‘ildirakli poyezdlar tezligi bo‘yicha soatiga 574,8 kilometrni tashkil etgan jahon rekordi o‘rnatilgan.
JR SC Maglev L0 Series, Yaponiya. Maksimal tezlik: soatiga 505 kilometr
  
Markaziy Yaponiya temir yo‘llari kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va sinovdan o‘tkazilayotgan yuqori tezlikdagi magnit yostiqli poyezdi hali tijorat xizmatida bo‘lmagan bo‘lsa-da, ekspluatatsiyaga kiritilgach ushbu seriya soatiga 505 kilometr tezlikda ishlaydi va Tokio va Osaka o‘rtasidagi sayohat vaqtini 150 daqiqadan 67 daqiqagacha qisqartiradi.
Shanghai Maglev, Xitoy. Maksimal tezlik: soatiga 460 kilometr

Dunyodagi eng tez tijoriy Shanxay Maglev poyezdi Pudun aeroporti va Longyang stansiyasi o‘rtasida soatiga 460 kilometr tezlikda harakatlanadi.
CR450 Fuxing, Xitoy. Maksimal tezlik: soatiga 450 kilometr

CR450 Xitoyda an’anaviy tezyurar temir yo‘lni rivojlantirishdagi muhim qadamdir. Soatiga 450 kilometr tezlikka mo‘ljallangan 2025 yil prototipi allaqachon dinamik sinovdan o‘tgan. Ishga tushirish esa 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan.
CR400 Fuxing, Xitoy. Maksimal tezlik: soatiga 350 kilometr

CR 400 Xitoydagi HSR brend-tarmog‘ining asosiy poyezdi bo‘lib, ushbu karvon o‘n minglab kilometrlarni bog‘laydi.
Talgo 350, Ispaniya. Maksimal tezlik: soatiga 350 kilometr

Ispaniyaning Barselona, Madrid, Sevilya va Valensiya shaharlarini bog‘lovchi Talgo 350 tezyurar poyezdi 2005 yildan beri xizmat qiladi. Ushbu poyezdlar mahalliy tezyurar liniyalar uchun optimallashtirilgan aerodinamikaga ega.
Shinkansen E5/H5, Yaponiya. Maksimal tezlik: soatiga 320 kilometr

Muhandislik va aniq jadvallarni murakkab birlashtirgan Shinkansen E5/H5 poyezdlari soatiga 320 kilometr tezlikni saqlab turadi.
ICE 3, Germaniya. Maksimal tezlik: soatiga 320 kilometr

Soatiga 320 kilometr tezlikka erishadigan yangi ICE 3neo poyezdlari (408-sinf) 2024-yildan boshlab zamonaviy interer va qulayliklar, jumladan, velosipedlar saqlash uchun joylarni ham taqdim etadi.
Eurostar Ye320, Buyuk Britaniya/Fransiya. Maksimal tezlik: soatiga 320 kilometr

London, Parij va Bryusselni bog‘laydigan E320 poyezdlari La-Mansh bo‘g‘ozi bo‘ylab harakatlanadi. Siemens Velaro texnologiyasi asosida ular Fransiya va Belgiya hududlarida to‘liq tezlikka erishishga qodir.
KTX Series, Janubiy Koreya. Maksimal tezlik: soatiga 305 kilometr

KTX “TGV” yuqori tezlikdagi texnologiyasiga asoslangan. Yangi KTX-Sancheon versiyasi (2024) esa yaxshilangan aerodinamika va shovqinni kamaytirgan holda tezlikni oshirishga ega. Tarmoq Seulni Pusan, Mokpo va Gangneung kabi yirik shaharlar bilan bog‘lab, Koreya yarim oroli bo‘ylab sayohat vaqtini qisqartiradi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.