Narpay tumaniga hokim tayinlandi

Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.

Unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirok etdi va Narpay tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar, erishilgan natijalarga to‘xtaldi. 

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. 

Viloyat rahbari shu paytgacha Narpay tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan Boliyev Anvar Begimovichni Narpay tumani hokimligiga tavsiya etdi. 

Nomzod deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi. 

Adiz Boboyev tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi hamda yangi rahbar faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.