Samarqanddagi iqtisodiy sudlarda 2025 yilda 70 mingdan ortiq ish ko‘rib hal etildi

Viloyat sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati hamda shahar, tumanlararo iqtisodiy sudlari tomonidan 2025 yil davomida iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati hamda shahar, tumanlararo iqtisodiy sudlari tomonidan 70 060 ta iqtisodiy ishlar ko‘rilib, hal etilgan.

Shundan 67 129 ta da’vo qanoatlantirilgan, 2 276 ta da’vo rad qilingan, 362 ta ariza ko‘rmasdan qoldirilgan (101 ta taraflar mediativ kelishuv tuzganligi sababli), 293 ta (97 ta ish bo‘yicha taraflar kelishuv bitimi tuzganligi sababli) ish yuritishdan tugatilgan.

Ko‘rilgan ishlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 52 419 taga yoki 297 foizga keskin ko‘paygan.

Ko‘rilgan ishlar toifasi bo‘yicha tahlil qilinganda, iqtisodiy ishlarning 60 ming 815 tasi (86,8 foiz) ma’muriy huquqiy munosabatlarga oid, 8524 tasi (12,2 foiz) fuqarolik-huquqiy munosabatlarga oid, 602 tasi (0,9 foiz) to‘lovga qobiliyatsizlikka (bankrotlikka) oid, 40 tasi (0,05 foiz) hakamlik muhokamasi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarga oid, 31 tasi (0,04 foiz) korporativ munosabatlarga oid, 48 tasi (0,07 foiz) boshqa (investitsiyaviy nizolar, raqobatga oid ishlar, chet davlat sudlari va arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda ijroga qaratish to‘g‘risidagi, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlashga oid ishlar) oid ish toifalarini tashkil qilgan.

Ko‘rilgan iqtisodiy ishlarning 43 foizi, ya’ni 30 ming 143 tasi sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqildi. Ko‘rilgan ishlarning 330 tasi bo‘yicha qonunbuzilish holatlari aniqlanganligi uchun xususiy ajrimlari chiqarilgan.

Viloyat sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan yuqori instansiyalarida 658 ta (2024 yilning shu davrida 688 ta) ish ko‘rilgan, ulardan 497 tasi yoki 75,5 foizi sud hujjati o‘zgarishsiz o‘z kuchida qoldirilgan bo‘lib, 92 tasi yoki 14 foizi bekor qilingan, 69 tasi yoki 10,5 foizi esa o‘zgartirilgan.

Yuqori instansiyalarda ko‘rilgan ishlarning 247 tasi apellyasiya instansiyasida, 244 tasi kassatsiya instansiyasida va 167 tasi taftish tartibida ko‘rilgan ishlardir. Shuningdek, birinchi instansiyada 92 ta ish ko‘rib, tamomlangan.

Tumanlararo, (shahar) iqtisodiy sudlarida 12 ta sudya faoliyat yuritadi. Sudyaga bir oyda o‘rtacha 486,5 (2024 yilning shu davrida 122,5) ta iqtisodiy ish to‘g‘ri kelgan. Viloyat sudida iqtisodiy ishlar bo‘yicha bir sudyaga o‘rtacha 10,4 (10,5) ta iqtisodiy ish to‘g‘ri kelgan.

Iqtisodiy sudlar tomonidan ko‘rib hal etilib, da’vosi qanoatlantirilgan ishlar bo‘yicha da’vogar (arizachi)lar foydasiga 1 trln. 37 mlrd. 369 mln. 880 ming so‘m undirish haqida sud hujjatlari qabul qilingan.

Tadbirkorlik sub’yektlari da’vogarligida jami 3536 ta ishlar ko‘rilib, 2862 tasi qanoatlantirilgan.

Iqtisodiy sudlar tomonidan ko‘rilgan 2083 ta ish bo‘yicha da’vogar (arizachi)lar tomonidan Respublika byudjetiga 5 mlrd. 540 mln. 810 ming so‘m davlat boji ixtiyoriy to‘langan, sud qaroriga asosan 35 mlrd. 521 mln. 480 ming so‘m davlat boji undirish belgilanib, MIBning hududlardagi bo‘limlariga 7213 ta sud ijro hujjatlari ijro qilish uchun yuborilgan.