Pul ham qutqara olmagan dard: Bryus Uillisga aniq tashxis qo‘yish uchun yillar kerak bo‘ldi

Gollivud yulduzi Bryus Uillisning turmush o‘rtog‘i Emma Xeming uning hozirgi ahvoli haqida so‘zlab berdi.

2023 yilda aktyorga peshona-temporal demensiya tashxisi qo‘yilgan bo‘lsa-da, aniq xulosaga kelish uchun qariyb uch yil vaqt ketgan.

Emmaning aytishicha, Bryus Uillis hali ham uni va yaqinlarini taniydi, biroq u o‘zining kasal ekanini anglamaydi. «Buni bilmasligidan chin dildan xursandman», dedi u. Oilasi aktyor bilan muloqot qilishning o‘ziga xos, faqat ulargagina tushunarli yo‘lini topgan.

Shu bilan birga, kasallik bosqichma-bosqich rivojlanib bormoqda. Shunga qaramay, oila og‘ir tashxisdan ko‘ra, birga o‘tkazilayotgan qimmatli onlar va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratgan.