Ishtixon qulay yashash va tadbirkorlik uchun yangi imkoniyatlar hududi

Aholi va ishbilarmonlar bu imkoniyatlardan qanday foydalanyapti?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Yelena Kompolshik Ishtixon tumanida bajarilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish olib bordi.

Mutaxassislar bilan birgalikda o‘tkazilgan o‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 8 oktyabrda qabul qilingan “Alohida tuman (shahar) va mahallalarni aholining yashashi hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun namunali hududga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi tahlil qilindi.

Mazkur qaror doirasida hududlarda aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish hamda zamonaviy xizmatlar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish kabi ustuvor yo‘nalishlar belgilangani alohida ta’kidlandi.

O‘rganishlar davomida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman va mahalla” konsepsiyasi asosida hududni kompleks rivojlantirish dasturining ishlab chiqilgani, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarida yangi sarmoya loyihalarining amalga oshirilayotgani, qishloq xo‘jaligida qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratishga qaratilgan tizimli ishlar olib borilayotgani e’tirof etildi.

Deputat amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda ularning aholi va tadbirkorlar manfaatlariga yo‘naltirilganligi yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirdi.

“Adolat” SDP viloyat kengashi matbuot xizmati.