Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sakkizinchi sanksiyalar paketini qabul qildi
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sohaviy va shaxsiy cheklovlar ko‘zda tutilgan sanksiyalarning sakkizinchi paketini kelishib oldi. Bu haqda Yevrokomissiya bayonotida aytildi.
Shunday qilib, Bryussel 2023 yil dekabridan dengiz orqali Rossiya nefti va 2023 yil fevralidan neft mahsulotlari uchun narx chegarasini belgilash uchun qonunchilik bazasini o‘rnatadi.
Bundan tashqari, Rossiya kompaniyalariga konsalting, yuridik, muhandislik va IT-xizmatlarini ko‘rsatish taqiqlanadi.
Shuningdek, po‘latdan yasalgan buyumlar, mashinalar, kimyoviy moddalar, plastmassa va sigaretalar importi va eksportini taqiqlovchi choralar ro‘yxati kengaytirildi.
G‘arb Ukraina tufayli Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi, bu esa Yevropa va Qo‘shma Shtatlarda elektr energiyasi, yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshishiga olib keldi. Vladimir Putin avvalroq Rossiyani jilovlash va kuchsizlantirish siyosati G‘arb uchun uzoq muddatli strategiya ekanligi va sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini aytgan edi.
Rossiya energetika resurslari uchun narx chegarasi joriy etilishi mumkinligini izohlar ekan, Putin, agar bu manfaatlarga zid bo‘lsa, Rossiya xorijga hech narsa yetkazib bermasligini aytdi.