Xitoyning yirik banki Rossiyadan Yevropa Ittifoqi va AQShga pul o‘tkazmalarini chekladi
Bank of China 13 iyundan boshlab Yevropa Ittifoqidagi, shuningdek, Shveysariya, Buyuk Britaniya va AQSh, jumladan ushbu mamlakatlardagi banklarning xorijiy filiallarida oluvchilar foydasiga Xitoy yuanidagi to‘lovlarni qabul qilmayapti.
Bu haqda 18 iyun kuni moliya va iqtisod bo‘yicha Frank Media nashri xabar berdi. Uning keltirishicha, Bank of China’ning Rossiyadagi sho‘ba korxonasidan bildirishnomalar, xususan, YuniKredit Bank va Akibank tomonidan olingan. Xitoy bankining vakillik hisobvaraqlari orqali nafaqat yuanda, balki AQSh dollari, yevro va Gonkong dollaridagi pul o‘tkazmalari ham to‘xtatilgan, deb aniqlik kiritmoqda RBC agentligi.
Qaror Xitoy tomonidan qabul qilinmagan
Qaror Xitoy tomonidan emas, balki Yevropa Ittifoqi va AQSh tomonlari tomonidan qabul qilingan. Shu tariqa ular yuan ko‘rinishidagi muqobil kanallarni to‘sib qo‘yish orqali sanksiya bosimini o‘tkazishga harakat qilmoqda, deydi moliya mutaxassislari.
Avvalroq Kreml Rossiya Federatsiyasi byudjeti taqchilligi oshishi fonida Xitoy yuanidagi zaxiralarning bir qismini sotish bilan band ekani ma’lum bo‘lgan edi.
Rossiya iqtisodiyoti Ukrainadagi urush fonida Xitoy iqtisodiyotiga yaqinlashdi. Moskvaning energiya rejalari, xususan, Xitoyga eksport hajmini oshirishni nazarda tutadi.
2022 yilda Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 34,3 foizga o‘sib, rekord darajadagi 1,28 trillion yuanga (172,5 milliard yevro) yetdi. Mamlakatlar yetakchilari umumiy maqsadi - 2024 yilgacha bu miqdorni 200 milliard dollarga (182,5 milliard yevro) yetkazish.