Yevropa Ittifoqi Turkiyaga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Yevropa Ittifoqi (YeI) davlatlari va hukumat rahbarlari ishtirokidagi yig‘ilishda Turkiyaga qarshi sanksiyalar joriy qilishga qaror qilindi. Bu haqda TASS Francye Pressega asoslanib xabar bermoqda.

Sammit muhokamasiga qo‘yilgan asosiy masalalardan biri Turkiyaning O‘rta Yer dengizidagi harakatlari bo‘ldi. Unda YeI liderlari davlatning noqonuniy faoliyati tufayli mamlakatga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga qaror qilishdi.

«YeI ittifoq va unga a’zo davlatlar manfaatlarini himoya qilish hamda mintaqaviy barqarorlikni saqlash tarafdori bo‘lib qoladi. Shu munosabat bilan sammitda 2019 yil 11 noyabrdagi qaror asosida Turkiyaning O‘rta Yer dengizidagi noqonuniy faoliyatiga cheklov choralariga oid qo‘shimcha qora ro‘yxat tuzish to‘g‘risida YeI Kengashiga topshiriq berildi», deyiladi hujjatda.

Ma’lumki, Turkiya Sharqiy O‘rta Yer dengizida seysmik tadqiqotlar olib bormoqda. Bunga nisbatan Yunoniston tomoni Anqara uning kontinental shelf chegaralarini buzmoqda, deb hisoblaydi. Shu sababli noyabr oyi boshida Yevroparlament Turkiyaning O‘rta Yer dengizidagi xatti-harakatlariga qarshi qattiq sanksiyalar qo‘llashni talab qiluvchi qaror qabul qilgan edi.

Sharqiy O‘rta Yer dengizi bo‘yicha dastlabki ziddiyatlar 1974 yilda Gretsiyaning orolni qo‘shib olishga urinishi bilan bog‘liq davlat to‘ntarishi sodir bo‘lganda boshlangan.

Turkiya Kiprning shimoliy qismiga qo‘shinlarini kiritdi va u yerni kipr-turk federal davlati, deya e’lon qildi. Keyinchalik u Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, deb o‘zgartirildi. Ayni payda orolning qolgan qismi Kipr Respublikasi hukumati nazoratida. Turkiya bir necha bor Rossiyaga hamkorlik qilishga imkon bergan holda kiprlik turk va kiprlik yunonlarni konlarni birgalikda rivojlantirishga chaqirgan.