Samarqand viloyatida yoshlar va voyaga yetmaganlar jinoyati kamaydi, ammo eng ko‘p jinoyatlar ishsiz yoshlar tomonidan sodir etilmoqda
Samarqand viloyatida 2019 yilning o‘tgan 6 oyi davomida fuqarolar tomonidan 1324 (1866) ta jinoyatlar sodir etilgan va o‘tgan yilga nisbatan 29 foizga kamaygan. Ularda 1251 nafar (2444) shaxs qatnashgan.
Sodir etilgan jinoyatlarning 404 (700) tasi yoshlar hissasiga to‘g‘ri kelib, ushbu ko‘rsatgich o‘tgan yilga nisbatan 42,3 foizga kamaygan.
Jinoyatlarda 461 nafar (873) yoshlar qatnashgan hamda ularning 42 nafarini (96) xotin-qizlar tashkil qiladi.
Jinoyatlarning 7 tasi (48) kasb-hunar ta’limi muassasalari, 7 tasi (7) oliy ta’lim, 118 tasi (119) ishlamaydigan va o‘qimaydiganlar hisobiga to‘g‘ri keladi.
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarida jinoyatchilikni jilovlashga qaratilgan amaliy ishlar yetarli darajada tashkil qilinmagan, yoshlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratib berish va ularning muammolariga ko‘maklashish borasida ta’lim muassasalaridagi yetakchilar faoliyati qoniqarsiz tashkil etilgan.
Jinoyatda qatnashganlarning 436 nafari (740) jinoiy javobgarlikka tortilgan. Sodir etilgan jinoyatlar kamaygan bir vaqtda, yoshlar jinoyati Kattaqo‘rg‘on tumanida 1 taga (24/23) oshgan. Xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarda qatnashganlar Past Darg‘om va Samarqandda 1 taga, Paxtachida 2 taga, kasb-hunar ta’limi o‘quvchilari o‘rtasidagi jinoyatlar Bulung‘urda 2 taga, Kattaqo‘rg‘onda 1 taga ko‘paygan.
Shuningdek, hech qayerda ishlamaydigan va o‘qimaydigan yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar Kattaqo‘rg‘onda 17 taga, Narpayda 1 taga, Payariqda 9 taga, Paxtachida 8 taga, Samarqandda 6 taga va Toyloqda 5 taga oshgan.
Bu esa yuqoridagi tuman va shaharlarda tayinli ish va o‘qish joyiga ega bo‘lmagan yoshlar bilan ishlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish borasidagi ishlar qayd darajada olib borilayotganidan dalolatdir.
Viloyatda o‘tgan 6 oy davomida voyaga yetmaganlar tomonidan jami 23 ta (34) jinoyatlar sodir etilgan va o‘tgan yilga nisbatan 32,4 foizga kamaygan bir vaqtda, ushbu jinoyatlar Bulung‘urda 2 taga (2/0), Kattaqo‘rg‘onda 1 taga (2/1), Narpayda 1 taga (1/0), Oqdaryoda 3 taga (4/1), Toyloqda 1 taga (1/0), Urgutda 3 taga (4/1) ko‘paygan. Kattaqo‘rg‘on shahar (1/1), Payariq (1/1) va Paxtachi (2/2) tumanlarida o‘tgan yilgi raqamlar saqlanib qolgan.
Mazkur jinoyatlarda 21 (41) nafar yoshlar ishtirok etgan va ularning 2 nafarini (2) qizlar, 10 (15) nafarini maktab, 9 nafarini (26) kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari tashkil qilgan.
G‘.BOBOBEKOV,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati kengashi bo‘lim boshlig‘i.