Yoshlar Ittifoqiga yangi rahbar tayinlandi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi rahbariyatida o‘zgarish bo‘ldi, deya xabar bermoqda Ittifoq axborot xizmati.

Xabarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29 avgustdagi Farmoni asosida Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quranbayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va davlat hokimiyati vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shu paytga qadar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimda ishlab kelgan Alisher Sa’dullayev Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi vazifasini vaqtincha bajarish yuklandi.