Fazliddin G‘oibnazarov uzoq tanaffusdan so‘ng ringga qaytmoqda

Professional boksning super yengil (-63,5 kilogramm) vazn toifasida ringga chiqadigan Fazliddin G‘oibnazarov (7-1, 4 KO) uzoq tanaffusdan so‘ng yana ringga qaytmoqda. Bu haqda GoSport.uz nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, G‘oibnazarov o‘zining 9-jangini 16 dekabr kuni Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida o‘tkazadi. Hozircha unga kim raqiblik qilishi ma’lum emas. Mazkur boks oqshomi “MTK Kazakhstan” promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkillashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, G‘oyibnazarov so‘nggi marta 11 may kuni Maykal Foksga (21-1, 5 KO) qarshi ringga chiqib, ochkolar hisobiga ko‘ra, mag‘lubiyatga uchragandi. Shundan so‘ng u AQShdan O‘zbekistonga qaytib kelgan. Hozircha uning qachon Amerikaga qaytib borishi ma’lum emas.