O‘zbekiston terma jamoasi boks bo‘yicha jahon chempionatini 11 ta medal bilan yakunladi

Samarqandlik Navbahor Hamidova kumush medalni qo‘lga kiritdi

4-14 sentyabr kunlari Angliyaning Liverpul shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqada 60 dan ortiq mamlakatdan 500 nafardan ziyod bokschi sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bordi. 

Musobaqa yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoasi 6 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Terma jamoamiz safida sovrindorlar bokschilar ro‘yxati: 

Oltin:

-60 kg: Abdumalik Xalokov

-65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev 

-75 kg: Fazliddin Erkinboyev

-80 kg: Javohir Ummataliyev

-85 kg: Akmaljon Isroilov

-90 kg: To‘rabek Xabibullayev

Kumush:

-65 kg: Navbahor Hamidova 

+90 kg: Jahongir Zokirov 

Bronza:

-48 kg: Sabina Boboqulova

-51 kg: Feruza Kazakova

-70 kg: Aziza Zokirova

 

Qayd etish lozimki, O‘zbekiston terma jamoasi medallar soni bo‘yicha musobaqada birinchi o‘rinni band etdi. Shuningdek, erkaklar terma jamoamiz ham medallar reytingida yetakchi bo‘ldi. Umumjamoa hisobida esa Qozog‘iston terma jamoasi birinchi bo‘ldi. Kuchli uchlikka Hindiston terma jamoasi yakun yasadi.