Ispaniyaning La Nusiya shahrida o‘tkazilgan “Boxam” xalqaro turnirida O‘zbekiston terma jamoasi 4 oltin va 2 bronza medalini qo‘lga kiritdi
- 04.02.2024 10:13
- 31
- Sport

-92 kg. vaznda jang olib borgan bokschimiz Shohjahon Abdullayev raqibi, mezbon davlat bokschisi Reyes Pla Emmanuyel ringga chiqmagani sababli Shohjahon Abdullayev musobaqani oltin medal bilan yakunladi. Shuningdek, vazni -63,5 kg. bo‘lgan Mujibillo Tursunov finalda Amit Kumar (Hindiston) ustidan zafar quchib, musobaqa g‘olibiga aylandi.
Turnir davomida -71 kg. vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Havasbek Asadullayev meksikalik Marco Verdeni taslim etib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. -80 kg. vazndaTo‘rabek Habibullayev mezbonlar vakili Bernal Pablo Coyni yengib, delegatsiyamizga yana bir oltin medalni keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqada Lazizbek Mullajonov va Ruslan Abdullayev o‘z vazn toifasida bronza medaliga sazovor bo‘lgan edi.