Ispaniyada Telegram’dan foydalanish taqiqlandi
- 24.03.2024 13:29
- 51
- Xorij

Ispaniya sudi Telegram ijtimoiy tarmog‘ining mamlakatdagi faoliyatini to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Mamlakat Milliy sudi sudyasi Santyago Pedraz Telegram messenjerining faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish haqidagi sud qarorini ijro etishni buyurdi. Ammo qaror qachondan kuchga kirishi va qachongacha davom etishi aniq emas. Messenjer hali ham Ispaniyada ishlamoqda.
Qayd etilishicha, sud bir nechta media kompaniyalarining shikoyatlarini ko‘rib chiqqan. Ispaniyaning EGEDA, "Mediaset Espana", "A3 Media" va "Movistar Plus" media kompaniyalari Telegram’ni mamlakatda buzg‘unchi materiallar tarqatishda ayblagan.
Hujjatlarga ko‘ra, sudya so‘ralgan ma’lumotlarga javob olmagani uchun shikoyatlar asosli deb topib, sud Telegram’ni mamlakat hududida vaqtinchalik blokirovka qilishga qaror qilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Elektrchilarga yangi mashina va maxsus texnikalar berildi
- 31 daqiqa avval
- Samarqand
Endi Ishtixonda ham malina yetishtiriladi
- 46 daqiqa avval
- Qishloq xo'jaligi
Jamoat transporti yo‘lovchilar talabiga javob beryaptimi?
- 54 daqiqa avval
- Samarqand
Navro‘z qachon paydo bo‘lgan, sumalak-chi?
- 2 soat avval
- Mutolaa